FRAZEOLOGIK TADQIQOTLAR TARIXIGA BIR NAZAR
Abstract
O‘zining avtonom mavqeyini tan olish uchun uzoq yillar kurash olib borgan va o‘zining “fanlararo” xususiyati bilan ajralib turadigan frazeologiya tilshunoslikka 20-asrda kirib keldi. 1920-yillarda frazeologiya tilshunoslikning alohida bir sohasi sifatida e’tirof etildi. Bu sohada dastlab sovet tilshunoslari shug‘ullandilar.1928-yilda professor E.D.Polivanov frazeologik tadqiqotlarning maqsadini belgilab berdi: frazeologiya so‘zlarning turg‘un birikmalarining ma’nosini o‘rganish imkonini beradi. Bu fanning differentsiatsiyasi sovet tilshunoslari asarlari bilan bir vaqtga to‘g‘ri keldi. P. I. Buslayev, I. I. Sreznevskiy, A. A. Potebnya, I. A. Boduen de Kuerten, V. K. Porshesinski, E. D. Polivanov, S. I. Abakumov kabi rus tilshunos olimlar frazeologizm sohasida salmoqli hissa qo’shdilar.