SHAYX NAJMIDDIN KUBRO ASARLARINING PEDAGOGIK QADRIYATLAR BILAN BOG'LIQLIGI
Abstract
Maqola Shayx Najmiddin Kubro asarlarining pedagogik qadriyatlari bilan bog'liqligini yoritadi. Shayx Najmiddin Kubro, O'rta asrlardagi yetakchi tasavvuf olimi va mutafakkiri sifatida, o'z asarlarida ta'lim va tarbiya masalalariga katta e'tibor qaratgan. Uning yozishlarida insonning ma'naviy va axloqiy kamoloti haqidagi tushunchalar, shuningdek, bilim va tafakkurni rivojlantirish yo'llari muhim o'rin egallaydi. Maqolada SHayx Najmiddin Kubro asarlarida keltirilgan ta'limiy va tarbiyaviy g'oyalarning zamonaviy pedagogika nuqtai nazaridan qanday qadrlanishi va ularning bugungi ta'lim tizimida qo'llanilishi mumkinligi tahlil qilinadi. Ushbu maqola, SHayx Najmiddin Kubroning asarlari orqali pedagogik merosni o'rganish va uni zamonaviy ta'lim muhitiga integrasiyalashning ahamiyatini ko'rsatib beradi.