FRAZEOLOGIZMLARDA, OZIQ-OVQAT KOMPONENTLI FRAZEOLOGIK BIRLIKLAR
Keywords:
frazeologik birlik, oziq-ovqat frazeologizmlari, non va suv, tarjima, madaniy kontekst, o‘zbek tili, ingliz tiliAbstract
Ushbu maqola ingliz va o‘zbek tillarida taom komponentli frazeologik birliklarning tarjimasi va madaniy o‘ziga xosliklarini o‘rganadi. Frazeologizmlar tilning ajralmas qismi bo‘lib, madaniy qadriyatlarni aks ettiradi. Taom, xususan, "non" va "suv" kabi birliklar turli tillarda keng tarqalgan, ammo tarjimada qiyinchiliklar tug‘diradi. Tadqiqotda o‘zbek va ingliz tillaridagi oziq-ovqat frazeologizmlari qiyosiy tahlil qilindi va ularning ma’no, ramziy ahamiyati va tarjima qiyinchiliklari o‘rganildi.
Natijalar frazeologik birliklarning tarjima jarayonida madaniy kontekstni hisobga olish muhimligini ko‘rsatdi. Tadqiqot tarjimonlar va tilshunoslar uchun frazeologizmlarni tarjima qilishda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan tavsiyalarni taqdim etadi va bu sohadagi kelgusidagi tadqiqotlar uchun yangi yo‘nalishlar ochib beradi.