Abstract
Hozirgi kunda jahonda jigar to’qimasining shikastlanishi hal etilmagan muammolardan biri bo’lib, jigar faoliyatining buzilishi barcha a’zo va to’qimalarga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Ushbu patologiyaning multifaktorial xususiyatini hisobga olgan holda, jigar to’qimasining shikastlanishida yuzaga keladigan prostata bezi patologiyalarining oldini olish va davolash muammolari hali ham hal qilinmagan. Jigar gormonal gomeostazni saqlashda muhim rol o'ynaydi. Ma'lumki, zardobdagi testosteronning katta qismi jinsiy gormonlarni bog'lovchi globulin va albumin bilan bog'lanadi. Jigar to'qimasining diffuz shikastlanishi bilan globulin darajasi pasayadi, bu jinsiy gormonlar muvozanatining va erkak reproduktiv tizimining asosiy funktsiyalarining buzilishiga olib keladi.